Samarqandda sement ortilgan yuk mashinasi agʻdarilib ketdi, haydovchi jarohatlandi

16:43 10 Oktyabr 2018 Jamiyat
937 0

Samarqand shahridagi “Ulugʻbek” shoh bekati yaqinida sement ortilgan yuk mashinasi agʻdarilib ketdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilari maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, yuk mashinasi agʻdarilishi oqibatida yoʻlovchilarga zarar yetmagan. Haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

“Haydovchida ochiq sinishlar koʻzga tashlanmadi. Biroq, aftidan u qattiq jarohatlangan. Uni «Tez yordam” mashinasida olib ketishdi», — deb yozadi hodisa guvohlaridan biri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?