Samarqandda suyultirilgan gaz tashishga moʻljallangan avtomobilning yonib, portlashi oqibatida 7 ta transport vositasi yonib ketdi

10:05 20 Noyabr 2019 Jamiyat
596 0

Bugun, 20-noyabr kuni suyultirilgan gaz tashishga moʻljallangan avtomobilning yonib, portlashi oqibatida yaqin atrofdagi bir nechta transport vositalari ham yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bugun soat taxminan 03:30 larda Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan oʻtuvchi “Samarqand-Gʻuzor” A-378 avtomobil yoʻlining 33-kilometrida joylashgan “Timur GAZ” MCHJga tegishli avtomashinalar turargohida harakatsiz turgan suyultirilgan, gaz tashishga moʻljanlangan “MAN” rusumli yuk atomashinasida nomaʼlum sabablarga koʻra, yongʻin kelib chiqib, yukxonaga oʻtgan va avtomashinadagi suyultirilgan gaz portlagan. Oqibatda ushbu avtoturargohda turgan suyultirilgan gaz tashish uchun moʻljanlangan 2 ta “MAN” va 1 ta “ZiL” rusumli avtomashinalar hamda “DAF” va “ZiL” rusumli yuk avtomashinalari, shuningdek, “Hyundai” rusumli ekskavator yonib ketgan.

Hodisa sodir boʻlgan joyga tergov-tezkor guruhi, FVV xodimlari va tez tibbiy yordam avtomashinalari jalb qilingan.

Dastlabki maʼlmotlarga koʻra, haydovchilarning bir nafari tan jarohati olib shifoxonaga murojaat etgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?