Samarqandda qoʻlbola aroq yasab sotayotganlar ushlandi

13:35 04 Mart 2019 Jamiyat
249 0

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida qoʻlbola spirtli ichimliklarini ishlab chiqarayotganlar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, Samarqand shahrining Quyi Xoʻjasoat mahallasida fuqarolar K.P va Gʻ.M. qoʻlbola usulda aroq yasab kelishgan. Tadbir davomida ular 255 dona “Juravli” va “Filatov” aroqlarini 2.272.500 soʻmga sotgan vaqtda ushlandi.

Tezkor tadbir davomida ushbu shaxslarning yashash uyidan aroq mahsulotlari va ularni yasashga moʻljallangan asbob-uskunalar, yorliqlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan K.P va Gʻ.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?