Samarqandda qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar qamaldi

18:35 02 Iyul 2018 Jamiyat
623 0

Samarqandda bir xonani ijaraga olib, soxta aviakassani ochib qalbaki aviabiletlarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi o‘qildi.

Aniqlanishicha, Fattoh Anorov (ismi o‘zgartirilgan) ofisga kirishda “Aviakassa” yozuvli peshlavha o‘rnatgan, xonaga stol-stul, kompyuter va boshqa zarur jihozlarni joylashtirgan, deb yozadi Samarqand transport prokuraturasi tergovchisi Mirsaid Jo‘rayev “Jamiyat va qonun” gazetasiga bergan maqolasida.

Avvaliga firibgar “Toshkent-Tyumen” reysiga har biri 352 AQSH dollari evaziga ikkita “aviachipta” sotgan. Shundan so‘ng, u Nyu-Yorkga yana uchta “elektron chipta”ni pullagan. Ertasiga esa, Fattoh “Samarqand-Moskva” yo‘nalishiga ikkita, “Toshkent-Istanbul” aviareysiga bitta soxta chipta sotgan. Ularning barchasi aeroportiga borgach, aviachiptalari soxta ekani ma’lum bo‘lgan.

Toshkent aeroportidan Samarqandga qaytganlar avvaliga firibgarni topa olishmadi. U “Aviakassa”ni yopib qorasini ko‘rsatmay ketgan. Ammo baribir huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan Fattoh Anorov barcha qilmishlarini tan oldi.

Sud Fattoh Anorovni 3 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etdi. Shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar undan undiriladigan bo‘ldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019