Samarqandda maktab direktori ko‘p yillik chinorlarni pullab yuborgani rostmi?

15:38 27 Iyul 2018 Jamiyat
525 0

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, maktab hududidagi ko‘p yillik sog‘lom chinorlarni ma’lum mablag‘ evaziga sotib yuborgani aytilmoqda.

“Yoshlar” telekanalining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbirining xabar berishicha, maktab direktori chinorlarni kestirib pullab yuborgan.

Bu bo‘yicha olib borilgan jurnalistik surishtiruv davomida garchi Xalq ta’limi bo‘limi vakillarining chaqirishlariga ham qaramay maktab direktori kelmagan va savollarga javob berishdan bosh tortgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?