Samarqandda «Xizb ut-Taxrir»terrorchilik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi

20:59 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
320 0

Joriy yilning 18-sentyabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik tashkilotining Toyloq, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi 15 nafar aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qoʻlga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016-yil 26-sentyabrdagi qaroriga asosan «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼqiqlangan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?