Samarqandda kelin qaynonasini o‘ldirib, o‘g‘li yordamida uni kanalga tashlab yubordi

14:01 26 Iyun 2018 Jamiyat
600 0

2018 yil 24 iyunda Samarqand shahrida yashovchi M. shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, unda onasi X. 2018 yil 14 iyundan buyon bedarak yo‘qolganligini bildirib, uni topishda yordam so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2018 yil 24 iyun kuni soat 23-00 larda X. ning jasadi shahardagi Yangiobod mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Siyob” kanalidan qotillik alomatlari bilan topilgan, deb yozmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida marhuma X. ning kelini Sh. aybini bo‘yniga olish haqidagi iqrornomasiga ko‘ra, 2018 yil 14 iyun kuni soat 16-00 larda qaynonasi X. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro maishiy kelishmovchilik natijasida uyida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qaynonasi X.ga bir necha og‘ir jarohatlar yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan va murdani polietilen paket va gilamga o‘rab, voyaga yetmagan o‘g‘li A. yordamida uyining yerto‘lasiga olib tushib, jasadni yashirgan.

Shundan so‘ng, 2018 yil 19 iyun kuni Sh. sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida, jinoyatga aloqador bo‘lgan oshxona pichog‘i va ko‘rpachalarni Samarqand shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Siyob” kanaliga tashlab yuborgan. Ertasi kuni 20 iyun 2018 yilda X. ning jasadini ham ikki dona gilamga o‘rab, voyaga yetmagan o‘g‘li A. yordamida shu kanalga tashlab yuborgan.

2018 yil 25 iyunda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?