Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

10:31 12 Noyabr 2018 Jamiyat
768 0

Joriy yil may oyi oʻrtalarida Samarqand shahridagi “Shodiyona” savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan 46-sonli savdo doʻkoni oldida fuqaro B.X.ga orqa tomonidan kelib, bosh qismiga chelak kiydirilgan. Sh.A. uni qoʻli bilan urib yiqitgach, hodisa joyidan qochib ketgan.Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu holat Sh.A.ning tanishi A.M. tomonidan Samsung telefonida videoga olingan va 6 noyabr kuni D.B. tomonidan Instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida 2018 yil 10- noyabr kuni Sh.A., A.M., D.B. va R.ga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi “b” va “d” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, Sh.A. va A. M. ushlandi.

Jinoyat ishi yuzasidan hozirda Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat oʻrnatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?