Samarqandda “KAMAZ” 3 nafar piyodani urib ketdi, 2 kishi halok boʻldi

12:23 26 Avgust 2018 Jamiyat
333 0
Illyustrativ foto

25 avgust kuni Samarqand tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Tayloq tumanida yashovchi S.S. boshqaruvidagi “KAMAZ-5511” rusumli yuk avtomashinasini “Samarqand-Buxoro” yoʻlining 5-km.da haydab ketayotib, yoʻlning oʻng tomonida ketayotgan 3 nafar piyodalarni urib yuborgan.

Natijada ulardan ikki nafari jarohat olib voqea joyida vafot etgan, yana biri olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?