Samarqandda YTH natijasida haydovchi halok boʻldi

11:35 02 Oktyabr 2018 Jamiyat
847 0
Illyustrativ foto

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida mudhish yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 1 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashagan X.B. oʻzining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Nurobod tumanining “Oqsoy” mahallasidan oʻtuvchi “Samarqand-Qarshi” yoʻlining 34-km.da haydab ketayotib, shu yoʻnalishda oldinda harakatlanib burilayotgan S.P. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi yon tomoniga borib urilgan.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi jarohat olib, voqea joyida halok boʻlgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?