Samarqandda yoʻl kira narxini oʻzboshimchalik bilan oshirgan haydovchi kechirim soʻradi

15:16 21 Avgust 2019 Jamiyat
256 0

Joriy yilning 17-avgust Samarqand shahridagi 41 va 30-sonli avtobus yoʻnalishlarida harakatlanayotgan haydovchilar asossiz ravishda yoʻlovchilarga yoʻl haqi oshirilgani haqida eʼlon qilishgan. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Facebookʻdagi “SAMARKAND CITY” guruhida joylashtirilgan rasmlarga koʻra, eʼlonda yoʻl haqi 1500 soʻm deb koʻrsatilgan.

Ushbu noqonuniy harakati uchun 31-yoʻnalish haydovchisi kechirim soʻradi.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand viloyatida yoʻl haqi oshirilgani yoʻq. Bugungi kunda yoʻl haqi 1200 soʻmni tashkil etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?