Samarqandda yoʻl boʻyi infratuzilmasi modernizatsiya qilinadi

17:39 01 Iyun 2020 Iqtisodiyot
121 0

Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida yoʻl chetidagi infratuzilma obyektlarini rivojlantirish“ dasturiga muvofiq, ayni paytda Samarqand viloyatining M-37 va M-39 avtomobil yoʻllarida “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi“ va “Olmota-Toshkent-Nukus“ qulay transport koridorini tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Dastur doirasida 2020-2022-yillarda avtomagistralning belgilangan nuqtalarida 8 ta turar joy punkti, yaʼni, mehmonxonalar, turli dam olish maskanlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda har bir obyektda qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 74,7 milliard soʻmni tashkil etadi. Taʼkidlash kerakki, mazkur mablagʻlar hisobidan avtomobilda harakatlanayotgan mahalliy va xalqaro sayohatchilar uchun 550 ta turar joy maskanlari bunyod etiladi. Buning natijasida 100 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Ayni paytda hududlarda qurilish ishlari davom etmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?