Samarqandda yil oxiriga qadar 12ta mehmonxona foydalanishga topshiriladi

11:38 26 Avgust 2018 Jamiyat
138 0
Arxiv foto

Samarqandda yilning oxiriga qadar 12ta mehmonxona foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti joriy yilning 17-18 mart kunlari viloyatga tashrifi chogʻida turistlar oqimining keskin koʻpayishini inobatga olib, 2018-2019 yillarda 25ta mehmonxona qurish boʻyicha topshiriq bergandi.

Uning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida 44ta loyiha takliflari shakllantirildi. Bugungi kunda 28ta loyiha boʻyicha amaliy ishlar boshlangan. Yilning oxiriga qadar 12ta mehmonxona foydalanishga topshiriladi. Qolgan 15tasi 2019 yil oktyabr oyiga qadar va 17tasi 2020 yil mart oyiga qadar ishga tushiriladi.

Natijada 7 mingdan ortiq turistga mehmonxona xizmati koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Uy mehmonxonalarini tashkil etish boʻyicha 5 fuqaro tomonidan amaliy ishlar boshlangan.

Bugungi kunga qadar, turistik firmalar tomonidan 6 ta avtobus va 11 ta mikroavtobus xarid qilingan.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar - iyun oylarida viloyatga 160 mingdan ortiq xorijiy va 1 mln.ga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?