Samarqandda yil boshidan buyon 194 kishi o‘z joniga qasd qildi

14:57 20 Iyul 2018 Jamiyat
449 1
Illyustrativ foto

So‘nggi 6 oyda Samarqandda o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i A.Toshpo‘latov Xalq deputatlari viloyat Kengashining 54-sessiyasida ma’lum qildi.

Uning hisobotida qayd qilinishicha, 2018 yilning o‘tgan 6 oyi davomida 194 kishi o‘z joniga qasd qilgan. Shularning 98 nafari ayollar, 96 nafarini erkaklardir.

O‘z joniga qasd qilganlarning 106 nafari vafot etgan (54 nafari ayollar, 52 nafari erkaklar).

O‘z joniga qasd qilganlarning 30 nafari voyaga yetmaganlar, 89 nafari yoshlar bo‘lgan. Shuningdek, ularning 8 nafari ajrashgan bo‘lgan.


Izohlar


Nodir Temirov

Жавлон Юлдашев (hulkgla@gmail.com):

 

Nega izoh qoldirmayapti axir bu oddiy holat emasku, aхir hammamiz odamizku

14:0921.07.2018