Samarqandda “Isuzu” jiddiy shikastlangan YTH sodir boʻldi (foto)

16:16 28 May 2019 Jamiyat
541 0

Samarqandda M-37a yoʻlida “Isuzu” rusumidagi yuk avtomashinasi bilan YTH sodir boʻldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ning viloyatdagi muxbiri Umid SORIYEV xabar qiladi:

“Bu yoʻl-transport hodisasi, bugun 28-may kuni M-37a “Samarqand shahar aylanma yoʻli”da sodir boʻlgan. Voqea joyidan tasodifan oʻtaturib, koʻrgan holatni tasvirga olishga ulgurdik. Siz suratda koʻrayotgan davlat raqami 80 V 670 OA boʻlgan Isuzu yuk mashinasi boʻlib, uning old salon qismi yukxonagacha kirib ketganligi tasvirlardan aniq namoyon boʻlmoqda. Yuk mashinasining old tomoni koʻtarma kran yordamida, evakuator yuk mashinasiga ortilayotganligi koʻrinib turibdi, deya xabar bermoqda muxbirimiz.

Muxbirimiz, mazkur holat yuzasidan batafsil maʼlumot olish uchun, Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmatiga qoʻngʻiroq qilgan. Ammo hech kim qoʻngʻiroqlarga javob bermagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?