Samarqandda IIB xodimlari tomonidan mudhish jinoyatning oldi olindi

23:53 18 Yanvar 2019 Jamiyat
672 0

Olingan maʼlumotlarga koʻra, 2019 yil 2 yanvar kuni Samarqand shahri, Soʻzangaron mahallasi X.Yusufi koʻchasida istiqomat qiluvchi S.Sh. oʻzining mahalladoshi Sh.M. bilan avvaldan boʻlgan oʻzaro kelishmovchiligi tufayli uni yoʻq qilish maqsadida Sh.M.ni oʻldirish uchun oʻzining bir tanishi R.N.ga ushbu taklifni bildiradi. Agar ushbu qotillik jinoyatini sodir etgan taqdirda, unga 1.500 AQSH berishini vaʼda qilib,avans tariqasida unga oldindan 100 AQSH dollari beradi.

2019 yil 09 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi va Samarqand shahar IIO FMB JQB xodimlari xamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro S.Sh. oʻzining tanishi R.N.ga Sh.M.ning soxtalashtirilgan, qotillik holati aks etgan fotosuratini koʻrganidan soʻng unga 800 AQSH dollari berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Prokuraturasi tomonidan S.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Matbuot Xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?