Samarqandda IIB xodimiga 4000 AQSH dollariga yaqin pullarni pora tariqasida berayotganlar qoʻlga olindi

22:46 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
176 0

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining tezkor maʼlumotga koʻra, Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning “Gʻallakor” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.ning yashash uyi koʻzdan kechirilib, uyida tarkibida oltin moddasi boʻlishi ehtimoli boʻlgan toshlarni maydalash uchun moʻljallangan tegirmon, tegirmon ichidan 300 kilogramm qum, 25 qop tosh (2 tonna), 31 qop qum (1,5 tonna)lari aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shu vaqtda Sh.ning xonadoniga Qoʻshrabod tumani «Boytup» qishlogʻida yashovchi, qarindoshi fuqaro B. kelib, tosh va qumlarni hujjatlashtirib olib ketmaslik evaziga IIB xodimlariga 2 ming AQSH dollarini taklif qiladi. IIB xodimlari fuqarolarga pora berish jinoyat ekanligini har qancha tushuntirishmasin “ishni bosdi-bosdi qilish uchun kelishuv” 4 ming AQSH dollari miqdorigacha koʻtarilib, fuqarolar pora taklif qilishda davom etadi.

IIB xodimining qilgan murojaatiga asosan, 2020-yil 15-sentyabr kuni IIV Oʻz xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B. IIB xodimiga 17 million soʻm miqdordagi pullar va 1900 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda prokuratura organlari tomonidan har ikkala fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?