Samarqandda ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi

14:54 18 Iyul 2018 Iqtisodiyot
224 0
Illyustrativ foto

Samarqand shahrida ichimlik suv ta’minoti samaradorligi, sifati, xavfsizligi hamda ta’minot korxonalari moliyaviy ahvolini yaxshilash ko‘zda tutilgan O‘zbekiston – Shveysariya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda viloyatdagi muxbirimiz Mamadiyor Ziyodinov ma’lum qildi.

“Mazkur loyiha doirasida shaharda 130,2 kilometr eskirgan magistral va ko‘cha quvurlari rekonsturuksiya qilindi. Eskirgan 18 dona gorizontal va 55 dona artezian nasoslar yangisiga almashtirildi. Yangi uskunalar va zamonaviy boshqaruv tizimi hisobiga sohada bugun elektr energiyasi 40 foizga tejalib, ish samaradorligi bir necha baravarga ko‘tarildi”, – deydi viloyat “Suvoqova” DUK Samarqand shahar filiali boshlig‘i Ravshan Ahmedov.

Forumda Shveysariya konferensiyasining iqtisodiyot, ta’lim va ilmiy izlanishlar vaziri Yoxan Shnayder-Amman boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?