Samarqandda I Xalqaro xayriya marafoni oʻtkaziladi

16:54 17 Oktyabr 2019 Jamiyat
125 0

Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon” I Xalqaro xayriya marafoni boʻlib oʻtadi. “Samarkand Half Marathon” loyihasining maqsadi madaniyat va sanʼat obyektlaridagi inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish, shuningdek, Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirishdan iborat. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

I Xalqaro xayriya marafonida tajribali sportchilar bilan bir qatorda yangi yuguruvchilar ham ishtirok etishi mumkin. Tashkilotchilar tomonidan 21 km, 10 km va 2 km masofa yugurish uchun ajratilgan. Yarim marafonga tayyorgarlik jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi inklyuzivlik muammosi boʻyicha tadqiqot oʻtkazadi. Mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston teatrlari, muzeylari va kutubxonalarida treninglar oʻtkaziladi. Tadqiqot natijalari marafonning oʻquv dasturi doirasida hisobot shaklida taqdim etiladi. Marafondan tushgan mablagʻlar Toshkent shahridagi teatrlardan birida tajriba loyihasini amalga oshirish uchun sarflanadi. Samarqand marafonida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 20-oktyabrgacha quyidagi sayt orqali davom etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?