Samarqandda haydovchi yo‘l patrul xizmati xodimi o‘limiga sababchi bo‘ldi

14:08 25 May 2018 Jamiyat
1776 0

Samarqandda qoidalarga bo‘ysunishdan bo‘yin tovlagan haydovchi yo‘l-patrul xizmati xodimini urib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Qayd qilinishcha, 24 may kuni soat 12:05larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida “Damas” rusumli avtomashinani telefonda gaplashib boshqarib kelayotgan haydovchi, shu yerda xizmat olib borayotgan Samarqand viloyati Yo‘l patrul xizmati inspektori Ibroxim Nishonov tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida to‘xtatilgan. Ammo haydovchi xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirib, safdor I.Nishonovni qasddan urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada safdor I.Nishonov jarohat olib kasalxonada vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida “Damas” rusumli avtomashinani egasi S.Sh. ekanligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?