Samarqandda sanoat korxonalarining ahvoli qanday?

17:26 15 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
78 0

2020-yilning 1-apreligacha Samarqand viloyatida 5145 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritayotgan boʻlsa, karantin choralari belgilanishi bilan 551 ta korxona faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi, 567 ta korxona 25 foiz, 1062 ta korxona 50 foiz quvvatda ishlagan.

Asosiy yoʻqotish avtomobil sanoatiga toʻgʻri keldi va 3 ta korxona (“Sam Avto”, “JV MAN”, “UZAuto Trailer”)da 8 oyda ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 979,2 milliard soʻmga pasaygan. - deydi viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Jamshid Oʻroqov. - Har bir korxona boʻyicha maxsus anketa toʻldirilib, ularning faoliyatiga aniqlik kiritildi. Oʻrganilishicha, 884 ta korxona realizatsiyadagi muammo sabab mahsulot ishlab chiqarmagan. Korxonalarda 2,2 trillion soʻmlik mahsulotlar qoldigʻi mavjud. 962 ta korxonada sotish 151 milliard soʻmga kamaygan.

Viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi har oyda oʻrtacha 1,2 trillion soʻmga oshib, 8 oyda 10,2 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. 9 oy yakuni bilan 12 trillion soʻmlik (101,4 foiz) mahsulot ishlab chiqarish rejasi belgilangan.

Oʻrganish natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 13,7 trillion soʻm boʻlishi kutilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?