Samarqandda bir kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

13:10 04 Noyabr 2019 Jamiyat
64 0

Joriy yil 2-noyabr kuni soat 23:00larda Samarqand shahar, Boyovut koʻchasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida oʻrnatilgan suv isitish gaz “kolonka”sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Turmush oʻrtogʻi D.V. esa is gazidan oʻtkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar!!!

Bunday koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yongʻin va xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilishingizni soʻraymiz” deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?