Samarqandda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi chorva mollarini bosib ketdi

15:30 11 Sentyabr 2020 Jamiyat
301 0

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 6-sentyabr kuni soat taxminan 10:17 atrofida “Toshkent — Samarqand —Buxoro» yoʻnalishida harakatlangan 762-sonli “Afrosiyob” tezyurar yoʻlovchi poyezdi «Kattaqoʻrgʻon — Ziyovuddin» bekatlari oraligʻida temir yoʻl hududiga kirib qolgan 3 bosh mayda shoxli chorva mollarini urib yuborgan.

Surishtiruv ishlari natijasida ushbu bir bosh qoʻy, bir bosh qoʻzi, bir bosh uloqchani 1996-yilda tugʻilgan, Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi M.Q. qarovsiz qoldirganligi aniqlandi.

Sodir boʻlgan ushbu holat boshqa poyezdlar qatnoviga xalaqit bermagan. Maʼlumotlarga koʻra, fuqaro M.Q.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 113-moddasi 2-qismiga asosan 111 500 soʻm jarima qoʻllanildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?