Samarqandda 48 million 485 ming soʻmlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

18:06 17 Avgust 2020 Jamiyat
233 0

Hozirgi koronavirus pandemiyasi davrida aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

Bu borada Hukumatimiz tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga dori vositalarini, tibbiyot buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga bir qator imtiyoz berilgan.

Afsuski, sinovli kunlarda baʼzi “uddaburonlar”ning noqonuniy tartibda dori-darmonlar oldi-sotdisi bilan shugʻullanib yurganligi fosh boʻldi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida olib borgan tezkor tadbir davomida “Ulugʻbek” avto turargoh hududida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi M.M.ni boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina koʻzdan kechirildi.

Avtomashina yukxonasidan yoʻlovchi sifatida ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi N.S.ga tegishli boʻlgan polietilen paketlarga joylashtirilgan 50 dona «Slideron», 100 dona “Stanhep” nomli dori vositalari, 172 dona koʻzoynaklar, 50 dona “RECYCLABLE” nomli va 51 dona “Face Shield” nomli himoya shlemlari, 489 dona “VIRUS SHUT OUT” nomli hamda 31 dona “VIRUS BLOCKER DISINFECTION CARD” nomli blokatorlar borligi aniqlandi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabariga koʻra qonunbuzardan guvohlar ishtirokida umumiy qiymati 48 million 485 ming soʻmlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?