Samarqandda 14ta pora berish bo‘yicha jinoiy ish ko‘rib chiqildi

14:50 21 Iyun 2018 Jamiyat
275 0
Illyustrativ foto

Samarqand viloyatida sudlar tomonidan korrupsiyaga bog‘liq bir qator ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar berdi.

Jumladan, 2018 yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan 9 nafar shaxsga 8 ta jinoyat ishi ko‘rilgan.

211-modda (pora berish) bilan 16 nafar shaxsga nisbatan 14 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan, deya ma’lum qilgan jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi To‘lqinjon Qodirov.

Shuningdek, shu davr mobaynida 168-modda (firibgarlik) bilan 201 nafar shaxsga nisbatan 102 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?