Samarqand Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF)ning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi

10:05 11 Mart 2019 Jamiyat
319 0

Bu haqda Germaniyada davom etayotgan “ITB Berlin — 2019” xalqaro turistik koʻrgazmasida Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF) bosh kotibi oʻrinbosari Li Baochun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qilgan.

“Rasmiy maʼlumot joriy yil aprel oyida taqdim qilinadi. Samarqand shahrining Federatsiyaning toʻlaqonli aʼzosiga aylangani 2019-yilning sentabr oyida Xelsinki shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan WTCFning navbatdagi sammitida ham alohida eʼtirof etiladi”, degan Li Baochun.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, rasmiy uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan kelgusida WTCFning hududiy tadbirlarini yurtimizdagi tarixiy shaharlardan birida oʻtkazish, shuningdek, kelajakda Samarqand shahrida esa uning yillik sammitini tashkil etish yuzasidan takliflar bildirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?