Samarqand viloyatidagi MTM tarbiyachilari sifatsiz koʻmirdan nega briket (tappi) tayyorlashdi? — vazirlik munosabat bildirdi

12:46 31 Oktyabr 2020 Jamiyat
501 0

Foto: davletov.uz

Maktabgacha taʼlim vazirligi Samarqand viloyatida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari sifatsiz koʻmirdan briket (tappi) tayyorlayotgani haqida xabarlarga munosabat bildirdi.

Xususan, Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari Shodiyor Mamatqulov shunday dedi:

— Ushbu holat Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan. Ushbu muassasaga 11 tonna koʻmir keltirilgan. Ana shu koʻmirning 400-500 kilogrammi maydalangan, sifatsiz koʻmir shaklida boʻlgan va shu sababli xodimlar tomonidan shu holatda tayyorlangan.

Maktabgacha taʼlim muassasasi direktori koʻmirni uvol qilmaslik maqsadida oʻz ixtiyorlari bilan qoʻlbola briketlarni yasagani maʼlum boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?