Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari oʻtgan yili viloyatda nechta valyuta ayirboshlash bankomati oʻrnatilganini maʼlum qildi

19:34 28 Fevral 2019 Jamiyat
313 0

Illyustrativ foto

Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari B. Nurullayev viloyat Kengashi deputatlariga qilgan hisobotida 2018-yilda sayyohlar tashrifi koʻp kuzatilgan maskanlarda “Wi-Fi” zonalari, axborot markazlari, sayyohlar uchun sim-kartalar, turistik xaritalar, 64 ta valyuta ayirboshlash bankomati oʻrnatilganligini maʼlum qildi.

Shuningdek, Samarqand shahrining turistik xaritalari, buklet, flayer va kitobchalar tayyorlanib, axborot markazlari orqali bepul tarqatilgan.

Umid Soriyev (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?