Samarqand viloyati hokimi telegram orqali murojaatlar qabul qilishni boshladi

12:07 20 Iyul 2018 Jamiyat
664 0
Foto: Zarnews.uz

Samarqand viloyatining yangi hokimi Erkinjon Turdimov fuqarolar murojaatini eshitish maqsadida o‘zining telegram messenjerini ishga tushirdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Turdimovning telegramdagi messenjeri +99897-405-40-06 raqamiga ochilgan bo‘lib, istalgan fuqaroga unga o‘zining murojaatini yozib yuborishi mumkin bo‘ladi.

Qayd qilinishicha, mazkur telegram messenjer xalq bilan bevosita muloqot o‘rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to‘g‘risida aniq ma’lumot olish maqsadida tashkil etildi.

Messenjer orqali fuqarolar nafaqat shaxsiy, balki viloyatning barcha hududida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda uchrayotgan muammolarni ko‘tarib chiqishlari mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?