Samarqand va Jizzaxda 40 daqiqa yoqqan doʻl aholida xavotir uygʻotdi (Foto)

22:45 29 Aprel 2020 Jamiyat
810 0

Arxiv surat

“Xalq soʻzi Online”/Abdulaziz Yoʻldoshev. Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida qirq daqiqa davomida doʻl yogʻdi. Guvohlarning aytishicha, yoqqan doʻlning hajmi noʻxatdek keladi.

Tabiatning bunday noyob hodisasi Samarqand viloyatining Jomboy, Bulungʻur, Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol tumanlarida ham kuzatilgan. Ushbu hududlarda yashovchi aholi 2020-yil 29-aprel kuni soat 16:20 dan boshlab, 40 daqiqa davom etgan tabiat hodisasini hadik bilan kuzatishdi!

“Xalq so`zi ONLINE”

Masalan, Bulungʻur tumani markazida suratda koʻrib turganingizdek ajabtovur, afsuski, oqibati noxush tabiat hodisasi roʻy berdi.

Mahalliy aholi “ekin-tikin, mevali daraxtlarning oxirgi hosilini ham shu doʻl olib ketmagan boʻlsin“ degan xavotirda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?