Samarqand tumanida 7 yoshli bola YTH qurboni boʻldi

11:23 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
249 0

2020-yil 7-sentyabr kuni Samarqand tumani Talibarzui-bolo mahallasi hududidan oʻtuvchi ichki avtomobil yoʻlida, Samarqand tuman Qavchinon mahallasida yashovchi, 2001-yilda tugʻilgan haydovchi Sh. boshqaruvida boʻlgan «Lasetti» rusumli avtomashinasini boshqarib borib, Samarqand tumani Talibarzui-poyon mahallasida yashagan, 7 yashar S.ni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasini sodir qilgan.

S. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?