Samarqand shahridagi koʻchalardan birida harakat vaqtincha taqiqlanadi

18:21 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
1608 0

Samarqand shahridagi Gulobod koʻchasining G-34 kesishmasidan Samarqand tumanidagi Xoʻja Ahrori Vali majmuasigacha boʻlgan qismida 6 qatorli avtomobil yoʻli qurilishini tashkil etish belgilangan. Shu boʻyicha 2017-yil 4-oktyabrda Samarqand shahar hokimining tegishli qarori ham qabul qilingan.

Shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, bugungi kunda mazkur koʻchani qayta qurish ishlari boshlandi.

“Shu munosabat bilan jamoat tartibini saqlash hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, mazkur koʻchaning ish olib borilayotgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha taqiqlanadi”, - deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?