Samarqand shahridagi 13 sotix yer uchun 254 mln.soʻm narx tasdiqlandi

10:00 10 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
277 0

Kadastr agentligi  hududlardagi bir nechta uchastkalari auksionda sotilganligi haqida maʼlumot berdi:

— Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi boshlangʻich narxi 3,3 mln.soʻm boʻlgan yer uchastkasi uchun savdolarda 254 mln.soʻm narx tasdiqlandi. Ushbu auksion savdosi 12 nafar ishtirokchi oʻrtasida oʻtdi. Gʻolib ishtirokchi 4 mlrd.soʻm investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilib oldi.

— Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi boshlangʻich narxi 3,1 mn.soʻm boʻlgan yer uchastkasi uchun savdolarda 101 mln.soʻm narx tasdiqlandi. Ushbu auksion savdosi 8 nafar ishtirokchi oʻrtasida oʻtdi. Gʻolib ishtirokchi 70 mln.soʻm investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilib oldi.

— Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi boshlangʻich narxi 4,1 mln.soʻm boʻlgan yer uchastkasi uchun savdolarda 172 mln.soʻm narx tasdiqlandi. Ushbu auksion savdosi 7 nafar ishtirokchi oʻrtasida oʻtkazildi. Gʻolib ishtirokchi 70 mln.soʻm investitsiya kiritish majburiyatini qabul qildi.

— Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahridagi boshlangʻich narxi 14,5 mln.soʻm boʻlgan yer uchastkasi uchun savdolarda 125 mln.soʻm narx tasdiqlandi. Ushbu auksion savdosi 11 nafar ishtirokchi oʻrtasida oʻtkazildi. Gʻolib ishtirokchi 180 mln.soʻm investitsiya kiritish majburiyatini qabul qildi.

— Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumanidagi boshlangʻich narxi 13,5 mln.soʻm boʻlgan yer uchastkasi uchun savdolarda 101 mln.soʻm narx tasdiqlandi. Ushbu auksion savdosi 6 nafar ishtirokchi oʻrtasida oʻtkazildi. Gʻolib ishtirokchi 500 mln.soʻm investitsiya kiritish majburiyatini qabul qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?