Samarqand shahrida yomgʻir natijasida yuzaga kelgan holat boʻyicha axborot berildi 

16:33 29 Mart 2019 Jamiyat
473 0

Joriy yilning 29 mart kuni soat 04:00da boshlangan yomgʻir natijasida Samarqand shahrining “Buyuk Ipak yoʻli”, “Afrosiyob”, “M.Qoshgʻariy”, “Mir Said Baraka”, “Obi Rahmat”, “Muqimiy”, “Oʻzbekiston”, “A.Temur”, “Konimex”, “Mulyon-Sochaki bolo” chorrahasidagi koʻchalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan. Bu haqda FVV axborot berdi.

Bundan tashqari, “Zarafshon” MFYdagi 8-uy, “Jomiy” koʻchasidagi 48-uy, “M.Qoshgʻariy” koʻchasidagi 16-uy, 18B-uy, 20-uy, “Mir Said Baraka” koʻchasidagi 73-uy, “Obi Rahmat” koʻchasidagi 4-uy, “Muqimiy” koʻchasidagi 31-uy, “Konimex” koʻchasidagi 39-uylarning hovlilariga oqova suvlari kirish holatlari qayd etildi.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yongʻin xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat ”Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?