Samarqand shahrida 840 metrlik gastronomik turizm koʻchasi ochildi

22:42 16 Oktyabr 2020 Welcome to uzbekistan
364 0

Samarqandda jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-tur davomida “Royal Hotel” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va mehmonxona rahbariyatiga turizm qoʻmitasi tomonidan muvofiqlik Sertifikati taqdim etildi.

Shu bilan birga, shaharning turizm salohiyatini yana-da rivojlantirish, tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, turizm sohasida xizmatlar koʻrsatish turlarini yana-da oshirish maqsadida, Samarqand shahrida 840 metrlik Orzu Mahmudov gastronomik turizm koʻchasi tashkil etildi.

Berilgan maʼlumotlarga koʻra, hududda oʻzbek, ispan, italyan, fransuz va boshqa millatlarning milliy taomlarini tayyorlaydigan 30 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari 24 soat davomida xizmat koʻrsatadi. Ushbu koʻchaga tematik uslubdagi yoritish moslamalari oʻrnatilgan boʻlib, har kuni Samarqandning minglab aholisi va mehmonlarini jalb qilish, ularga xizmat koʻrsatish, shuningdek, turli festival va paradlarni oʻtkazish imkoniyatini yaratadi.

Yulduz Oʻrmonova,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?