Samarqand shahri “turistik xab”ga aylantiriladi

19:22 26 Iyul 2019 Siyosat
386 0

Samarqand tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari mazkur viloyatga safardan asosiy maqsad turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish ekanini taʼkidladi. Xususan, Samarqand shahrini “turistik xab”ga aylantirish zarurligini aytib, Bosh vazir oʻrinbosari va viloyat hokimiga shu yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha 23-iyulda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan tizim asosida ishlab, muhitni oʻzgartirish, tadbirkorlarga hamma sharoitni yaratib berish zarurligi qayd etildi.

Prezident hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan suhbatlashib, har bir tuman iqtisodiyotini alohida muhokama qildi. Ularning takliflarini amalga oshirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?