Samarqand O‘zbekistonning haqiqiy tashrif qog‘oziga aylanadi

14:42 06 Avgust 2018 Welcome to uzbekistan
1586 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qarori bilan tashkil etilgan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilayotganligi haqida ilgari ham xabar bergan edik.

Ana shunday ezgu maqsadni amalga oshirish uchun viloyat hokimligi huzurida “Qurilish va obodonlashtirish direksiyasi” tashkil etildi. Bu direksiyaning asosiy vazifasi ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish hamda buyurtmachilik vazifasini amalga oshirishdan iborat.

Mutasaddilarning takidlashicha, ayni paytda ajratilgan mablag‘ning 334,4 milliard so‘mi Samarqand shahri aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohada uchrayotgan muammoli masalalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga yo‘naltirilmoqda.

Aniqrog‘i, bu mablag‘ hisobidan 317 ta ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlanishi va hudud obodonlashtirilishi, 71 ta lift o‘rnatilishi, obodonlashtirish boshqarmasiga 63 ta turli avtomatik vositalar xarid qilinishi, 4 ta markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi qayta tiklanishi, shuningdek, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi, yo‘llarning holati yaxshilanib, ichimlik suv tarmog‘i tartibga keltirilishi ko‘zda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?