Samarqand-Olmaota shaharlari oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

17:58 17 Aprel 2019 Jamiyat
239 0

Qozogʻiston va Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari Samarqand va Turkiston oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qolaversa, 14 aprel kunidan eʼtiboran Samarqand- Olmaota yoʻnalishida ham muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu yoʻnalishdagi qatnovlar har kuni bir marotabadan amalga oshiriladi. Avtobuslar “Samarqand” ABB soat 15-00 da joʻnab ketadi. 1087 km boʻlgan yoʻnalish masofasi 20 soatda bosib oʻtiladi. Yoʻlovchilar soat 11-00 da Olmaota shahrining “Ushkunur” ABB tiga yetkazib qoʻyiladi. Ushbu yoʻnalish boʻyicha chipta narxi 135 000 soʻmni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston transport vazirligi tomonidan shu bugunga qadar Qozogʻiston va Oʻzbekiston shaharlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan muntazam avtobus qatnovlari yoʻnalishlari soni 12 taga yetdi.

Hozirgi kunda “Toshkent” avtovokzalidan Toshken- Chimkent (yoʻnalish masofasi 145,2 km, chipta narxi 40 000 soʻm), Toshkent- Olmaota (yoʻnalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 100 000 soʻm), Toshken- Ushkunur (yoʻnalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 100 000 soʻm), Toshkent- Qiziloʻrda (yoʻnalish masofasi 583,0 km, chipta narxi 97 000 soʻm), Toshkent- Turkiston (yoʻnalish masofasi 335,0 km, chipta narxi 50 000 soʻm), Toshkent- Jetisay (yoʻnalish masofasi 104,0 km, chipta narxi 16 000 soʻm), Toshkent- Taraz (yoʻnalish masofasi 331,0 km, chipta narxi 75 000 soʻm), Toshkent- Ostona (yoʻnalish masofasi 1646,0 km, chipta narxi 312 000 soʻm). Shuningdek, Chirchiq- Ushkunur (yoʻnalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 150 000 soʻm), Nukus- Olmaota (yoʻnalish masofasi 1900,0 km, chipta narxi 200 000 soʻm) yoʻnalishlari boʻyicha muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?