Samarqand nufuzli xalqaro anjuman mezboni

10:58 26 Avgust 2019 Jamiyat
163 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahrida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusidagi xalqaro anjumanga ” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtmoqda. U YUNESKO shafeligida tashkil etildi. Bu oʻz yoʻnalishi boʻyicha nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkazilayotgan yirik forumdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov konferensiya ishtirokchilariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigini oʻqib eshittirdi.

Unda davlat rahbari tomonidan ushbu konferensiyani oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlagani va shaxsan ishtiroki uchun BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azule xonimga katta minnatdorchilik bildirilgan.

“130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelayotgan mamlakatimizda milliy madaniyatlar va anʼanalarning xilma-xilligi, zamonaviy Oʻzbekistonning noyob madaniyatini hosil qildi. Mamlakatda, ayniqsa,keyingi yillarda xalqimizning moddiy va nomoddiy merosini saqlab boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning ijobiy natijalarini Samarqand misolida oʻzingiz koʻrishingiz mumkin”, - deyiladi Prezident tabrigida.

Anjuman davom etmoqda. Uning tafsilotlari bilan tanishtirib boramiz.

Shoyim Boʻtayev,

Umid Soriyev,

“Xalq soʻzi” muxbirlari.

Hasan Paydoyev olgan suratlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?