Samarqand xorijliklarni maftun etgan dunyodagi eng chiroyli o‘nta shahar qatoridan joy oldi

14:16 05 Iyun 2018 Jamiyat
417 0

Xitoydagi dunyoga mashhur Qyer.com sayti tomonidan o‘tkazilgan “Xitoylik va xorijlik sayyohlar uchun 2018 yilda borish tavsiya etiladigan dunyodagi eng yetakchi 10 ta shahar va ekzotik joy” tanlovida Samarqand shahri ham e’tirof etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shahar jahondagi bu boradagi eng maftunkor o‘nta maskan qatoridan joy oldi. Mazkur nufuzli sovrin mazkur sayt asoschisi Say Djinxue tomonidan topshirildi.

Mukofotni tantanali taqdim etish marosimi 1 TB China 2018 2-xalqaro turizm bozori ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?