Samarqand hokimining Toyloqdagi sayyor qabulida 250ga yaqin murojaatlarning aksari joyidayoq hal qilindi

15:27 02 Iyul 2019 Jamiyat
241 0

Foto: "Xalq so'zi"

Bugun, Toyloq tumanida viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi kengaytirilgan tartibdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabulda, tuman aholisini qiynab kelayotgan murojaatlar tinglandi.Yechimi chigal muammolar yoʻnalishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Masʼul rahbarlardan vaziyatga xolis va adolatli yondashuv talab etildi. Aniqroq sharh beradigan boʻlsak, 250 yaqin turli murojaatlarning koʻpchiligi qabul jarayonida hal etildi.

- Tumanning “Olmazor“ qishlogʻida istiqomat qilaman, - deydi fuqaro Sardor Asrorov. - Ilgarilari hududimizda gaz, elektr energiya, yoʻl masalalarida bir talay muammolar bor edi. Lekin bizni bitta muammo qiynamoqda. Oʻtgan asrning 70-80 yillarida qurilgan ikki qavatli turar-joy xonadonlarida toza ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalarini hal qilish boʻyicha viloyat hokimi masʼul rahbarlarga qatʼiy topshiriqlar berdi. Bizga yoʻnaltirilgan masʼul rahbarlar tez orada masalamizni yechib berishga vaʼda berdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha viloyatlarda tashkil etilayotgan bunday Sayyor qabullar aholining yuksak eʼtiroflariga sazovor boʻlmoqda.

- Oʻgʻlim Abdusalom Zokirov buyrak qurishi xastaligi bilan azoblanayotgan edi, - deydi koʻz yoshlarini tutolmay hayajonlangan shu tumanning Zarafshon qishlogʻi fuqarosi Halovat aya Zokirova. - Men avvalo Prezidentimizdan keyin shu tumanimizga yaqinda hokim boʻlib kelgan Bahodir Qodirovdan mingdan ming roziman. Bolamning davolanishi uchun tuman hokimiyatining mahalliy byudjetidan shifoxonaga pul oʻtkazib berishdi. Tuman hokimi hozirga qadar uyimga kelib bolamning holidan xabar olib turibdi. Martabasi bundan ham baland boʻlsin, iloyim! Sayyor qabul yakunida viloyat hokimi, zimmasiga koʻrsatma va topshiriqlar yuklatilgan barcha idora va tashkilotlar masʼullariga yana bir bor “Bu qabullar, shunchaki oʻtkazilmayapti“ degan fikrni bildirib, topshiriqlarga vijdonan va masʼuliyat bilan yondashishlari yana bir bor eslatildi.

Umid SORIYEV, “Xalq soʻzi“ muxbiri


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?