Samarqand delegatsiyasi Koreyaga tashrif buyurdi

15:18 30 May 2019 Jamiyat
371 0

Samarqandga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb qilish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida viloyat ishbilarmonlari va mutasaddi rahbarlaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kunida Koreyaning mashhur “Maeil business newspaper” media markazining taklifiga muvofiq,ommaviy axborot vositalari uchun brifing oʻtkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida 200 ga yaqin koreyalik va viloyat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etilib, mamlakatimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan shart-sharoitlar, viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati koʻrgazmali vositalar asosida taqdimot qilindi. Samarqand viloyatining investitsion jozibadorligi borasida koreyalik tadbirkor va ishbilarmonlarning fikr-mulohazalari eshitildi.

Biznes forum davomida tadbirkorlarimiz oʻz investitsion loyihalari haqida maʼlumot berib, hamkorlik olib borish masalasida koreyalik tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borishdi. Kun davomida bir qator memorandum va shartnomalar imzolashga erishildi.

Umid SORIYEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?