Samarkand City barpo etilishida Xitoy kompaniyasi ishtirok etadi

18:10 08 Avgust 2018 Jamiyat
212 0
Arxiv foto

Pekinda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Xitoydagi “China Construction Engineering Design Group Corporation Ltd” arxitektura va dizayn kompaniyasi o‘rtasida Samarqand shahrining bosh rejasi konsepsiyasini ishlab chiqish va “Samarkand City” turistik zonasi hamda SHHT – 2022 sammiti munosabati bilan quriladigan obyektlarni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, ushbu ishga bosh rejachi, tajribali shaharsoz, professor Sun Syaolun rahbarligidagi loyihachilar guruhi jalb etiladi. Ma’lumot uchun aytish mumkinki, “China Construction Engineering Design Group Corp. Ltd” – Xitoyning yetakchi loyihachi kompaniyasi bo‘lib, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, 1,58 milliard dollar ishlab, mamlakatdagi loyihachi tashkilotlar orasida ikkinchi o‘rinda bo‘lgan.

Qayd etish joizki, iyunda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Pekinda “Xitoy Ipak yo‘li” fondi bilan “Samarkand City” turistik zonasi qurilishi loyihasi bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolagandi. Mazkur loyiha Samarqand shahrining mashhur tarixiy va madaniy markaz sifatidagi turistik salohiyatini oshirish va “XXI asr Ipak yo‘li durdonasi” yaratilishini ta’minlaydi.

“China Construction Engineering Design Group Corp. Ltd” – Xitoyning yetakchi loyihachi kompaniyasi bo‘lib, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, 1,58 milliard dollar ishlab, mamlakatdagi loyihachi tashkilotlar orasida ikkinchi o‘rinda bo‘lgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?