Samarada zaharlangan oʻzbekistonliklar 3 oygacha shifoxonada qolishi mumkin

16:39 19 Avgust 2019 Jamiyat
161 0

Rossiyaning Samara shahrida ommaviy zaharlangan Oʻzbekiston fuqarolari 3 oygacha shifoxonada qolishlari mumkin. Bu haqida Oʻzbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi vakili Sputnik manbasiga xabar qildi.

“Davolanish uzoqligi 80-90 kungacha boʻlishi mumkin. Hammasi bemor organizmining individual xususiyatlariga bogʻliq. Ayni damda Samaradagi shifoxonadagi bemorlarning ahvoli barqaror. Ular qon tozalash jarayonidan oʻtmoqda. Shifokorlar aytishiga qaraganda kasalxonada qon va qon tozalovchi preparatlar bilan muammo yoʻq”, - deydi Bosh konsuxona vakili.

Xabar berilganidek, Samarada zaharlangan bemorlar “Koshelevskiy posad” korxonasida qonuniy ishlagan. Rossiya mehnat qonunchiligiga asosan ularga “kasallik varaqasi”ga asosan kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishi kerak.

Rossiya tergov qoʻmitasi va Bosh prokuraturasi ushbu ommaviy zaharlanish holati yuzasidan tekshiruv oʻtkazmoqda. Zaharlovchi modda organizmga qanday kirib qolgani ham maʼlum emas - ish jarayonidami yoki ovqat bilan.

Dastlabki xulosalarga koʻra, zaharlovchi modda – zookumarin yoki dikumarin boʻlishi mumkin, lekin bu aniq emas. Ushbu moddaning laboratoriya tekshiruvlari hali yakuniga yetmadi.

Maʼlumot uchun, zookumarin - kemiruvchilarga qarshi zahar boʻlib, undan qishloq xoʻjaligida foydalaniladi.

Eslatib oʻtamiz, 18-iyul kuni Samara viloyatida 69 nafar Oʻzbekiston fuqarolari nomaʼlum moddadan zaharlanib shifoxonaga tushib qolgan edi. Keyinchalik ularning 20dan ortigʻi sogʻligi yaxshilanini munosabti bilan kasalxonadan chiqarib yuborilgan. Ayni damda 48 nafar kishi Samara va Tolyatti shifonalarida qolmoqda.

Ularga koʻmak berish uchun Oʻzbekiston bosh toksikologi va gematologi Rossiyaga yetib borgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?