Samarada zaharlangan hamyurtlarimizdan biri vafot etdi. Jinoyat ishi ochildi

15:24 20 Avgust 2019 Jamiyat
138 0

Illyustrativ foto

Tergovchilar tomonidan Samara viloyatida zaharlangan oʻzbekistonliklardan birining vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Rossiya Tergov qoʻmitasi maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, 18-iyul kuni Samara viloyatidagi “Koshelevskiy posad” korxonasida 69 nafar Oʻzbekiston fuqarolari nomaʼlum moddadan zaharlanib shifoxonaga tushib qolgandi. Keyinchalik ularning 20dan ortigʻi sogʻligi yaxshilangani munosabati bilan kasalxonadan chiqarib yuborilgan. 48 nafari shifoxonada qolayotgandi, yaqinda ulardan biri hayotdan koʻz yumdi.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh toksikologi va bosh gematologi zaharlangan hamyurtlarimizga yordam berish uchun RFga yetib borgan.

Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda va hodisa sabablari oʻrganilyapti.

Dastlabki xulosalarga koʻra, zaharlovchi modda – zookumarin yoki dikumarin boʻlishi mumkin, lekin bu aniq emas. Ushbu moddaning laboratoriya tekshiruvlari hali yakuniga yetmadi.

Xabarga koʻra, Jinoyat kodeksining ehtiyotsizlik oqibatida odam oʻldirish moddasi(109-modda) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?