Salomatlikning birinchi sharti — sogʻlom turmush tarzi

19:43 29 Mart 2019 Jamiyat
512 0

Illyustrativ foto

Samarqand davlat tibbiyot institutida “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish hamda sogʻlom turmush tarzi va toʻgʻri ovqatlanish” mavzuida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Unda Buyuk Britaniya, Daniya, Rossiya davlatlaridan kelgan hamda yurtimiz tibbiyotchi olimlari, shifokorlar ishtirok etmoqda.

— Oʻzbekistonda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, kasalliklarning 85 foizi fuqarolarning sogʻlom turmush tarziga amal qilmasligi natijasida kelib chiqmoqda, — deydi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi bosh vakili Liann Kuppens. — Kamharakatlilik, meʼyoridan koʻp ovqatlanish va tuzni ortiqcha isteʼmol qilish barcha kasalliklarni keltirib chiqarayotgan omil hisoblanadi. Ana shu jihatlar hisobga olinib, ayni paytda hukumat tomonidan sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlar diqqatga sazovor. Bu ishlarni izchil davom ettirish kerak.

Anjumanda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa hududiy idorasi, Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish, nazorat qilish va qarshi kurashish dasturi yetakchi rahbari Jill Farington, Rossiya koloproktologiya oʻquv markazi direktori, Rossiya Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi, professor Yuriy Sheligin va boshqa mutaxassislarning mavzuga oid maʼruzalari tinglandi.

Konferensiyaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov soʻzga chiqdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?