Salkam 106 mln. soʻmlik shamchalar yashirincha saqlanayotgan xonadon fosh etildi

16:26 15 Avgust 2019 Jamiyat
112 0

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Yangiqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazdi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Yangiqoʻrgʻon tumanida tezkor kuzatuvga olingan fuqaro X.S.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 105 million 800 ming soʻmlik 21 ming 480 dona bayram va tadbirlar uchun moʻljallangan shamchalar saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?