Sakkiz yoshli qizning miyasida qariyb 100 ta zararkunanda borligi aniqlandi

18:22 25 Iyul 2018 Dunyo
477 0
Illyustrativ foto

Hindistonning Nyu-Deli shahrida sakkiz yoshli qizning miyasida qariyb 100 ta qurt tuxumi borligi aniqlandi. Bu haqda Health Medicine Network nashri xabar berdi.

Bolaning ismi oshkor etilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, sakkiz yoshli qiz qattiq bosh og‘rig‘i va epileptik tutqanoqdan aziyat chekib kelgan. Ota-onasi uni shifokorlarga olib borishganda avvaliga unda o‘sma bor degan xulosaga kelindi hamda qabul qilishi uchun yuqori dozali steroidlar tavsiya etildi. Biroq dorilardan bolaning ahvoli yomonlashsa-yomonlashdiki, aslo yaxshilanmadi. Og‘riqlar qolmadi, qiz esa 20 kilogramm ortiqcha vazn yig‘ib, aslo yura olmaydigan bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, nafas olishida ham muammolar paydo bo‘ldi.

Oradan yarim yil o‘tib ota-onasi uni boshqa shifokorga olib bordi. Aniqlanishicha, qizaloq bosh miya sistitserkozidan qiynalayotgan ekan. Ushbu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi esa cho‘chqa sepeni(lentasimon gijja turi) hisoblanadi. Shifokorning aytishicha, yosh bola ko‘plab yuvilmagan meva yoki sabzavot yoxud yaxshi pishirilmagan go‘sht iste’mol oqibatida qurtlar avvaliga uning oshqozoniga tushgan, so‘ngra qon aylanish tizimiga o‘tib, miyasigacha yetib borgan.

Bemorga davolash kursi yozib berildi. Uni qabul qilgan qiz yana ozib, yana yura boshladi, biroz vaqt o‘tib maktabiga qaytdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?