Sayyoramizdagi eng maxfiy suvosti kemasi 15 yil ichida ikkinchi marta koʻrinish berdi. U qaysi davlatga tegishli?

15:56 05 Mart 2020 Dunyo
734 0

Foto: forbes.com

Forbes Delfin tipidagi suvosti kemasining fotosuratini eʼlon qildi. U Kubadagi yagona suv osti kemasi hisoblanadi.

Nashrning yozishicha, Delfin sayyoramizdagi eng maxfiy suvosti kemalaridan biri boʻlib, oldin faqat bir marta koʻrinish bergan.

“15 yil ichida ikkita fotosurat. Mana bu haqiqiy maxfiylik!“, deya taʼkidlaydi maqola muallifi.

Qayd etilishicha, hozirda Kuba floti eski sovet uskunalari, konversiya qilingan baliq ovi traktorlari, shuningdek, torpedo naychalari bilan ishlaydi. Forbesʼning yozishicha Delfin Kubada xuddi shu tarzda yigʻilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?