Sayyor qabulda muammolar hal boʻlyaptimi?!

13:36 25 Mart 2019 Jamiyat
290 0

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev (“Xalq soʻzi”).

“Xalq soʻzi ONLINE”. Rahim Sherqulov/Toshkent. Ayni paytda poytaxtimizdagi IIV Madaniyat saroyida Adliya, IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud va boshqa huquq-tartibot idoralari rahbarlari, shuningdek, Toshkent shahar hokimi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining sayyor qabuli boʻlmoqda.

Unda muammolari yechimidan umidvor boʻlib kelgan yuzlab fuqarolar masalalari tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqilyapti.

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev (“Xalq soʻzi”).

Yashnobodlik Raya Ibragimova ham muammosini hal qilish uchun kelgan fuqarolardan biri.

— Yoshim 78 da. Sogʻligʻim tufayli toʻshakka mixlanib qoldim. Koʻzim yaxshi koʻrmaydi. Bir necha marta tegishli tashkilotlarga murojaat qildim. Ulardan samara boʻlmagach, bugun Bosh prokuror qabuliga kirdim. Masalam ijobiy yechim topdi, menga order beriladigan boʻldi. Bunday sayyor qabulni tashkil etganlarga minnatdorlik bildiraman. Qolaversa, Yashnobod tumani prokuraturasi ham muammo yechimida koʻmaklashdi. Barchadan mamnunman!

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev (“Xalq soʻzi”).

Sayyor qabul davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?